Terri Anri: "Oltin to‘p" uchun ovoz berish shart emas"

  • 30 may, 2022, 12:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik afsonaviy futbolchi Terri Anri "Oltin to‘p"ni kim qo‘lga kiritishi haqida gapirib o‘tdi. 

Tecno

"Sovrin egasi allaqachon ma’lum. Buning uchun ovoz berish jarayonini o‘tkazish ham shart emas, menimcha. 

Benzema shak-shubhasiz g‘alaba qozondi. Ha, Karim "Oltin to‘p"ning yangi sohibi. Tabriklayman!", - dedi "Arsenal", "Barselona" kabi klublarda to‘p tepgan sobiq futbolchi. 

Ma’lumot o‘rnida, Benzema joriy mavsum La Liga, Ispaniya superkubogi va chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Shuningdek, u Frantsiya terma jamoasi bilan Millatlar ligasida zafar quchdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!