
Terri Anri Mbappeni nega Olimpiya o‘yinlariga chaqirmaganini aytdi
Frantsiya olimpiya terma jamoasini boshqarayotgan mashhur hujumchi Terri Anri nega Kilian Mbappeni bo‘lajak musobaqada ishtirok etadigan tarkibga kiritmaganiga izoh berdi.
- Men Mbappeni tarkibga kiritish bo‘yicha gaplashgan odamlar, o‘zini biroz boshqacha tutdi. Men shuncha rad javobini oxirgi marotaba universitetda olgan edi.
Hech qanday muzokaralar o‘tkazilmadi. Sen borasan, masalani hal qilishni so‘raysan va oxiri “yo‘q” degan javobni berishadi. Sen esa, sekin ortga qaytasan, - dedi Terri Anri.
Frantsiyaning bugungi kundagi eng zo‘r o‘yinchisi Kilian Mbappe yozda “Real”ga o‘tishi kutilmoqda. Qimmatbaho futbolchining Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki mavsumga tayyorgarlik jarayoniga to‘g‘ri keladi.
“Qirollik klubi” katta ehtimol bilan kelasi mavsum asosiy rolni bajaradigan hujumchini Olimpiya o‘yinlariga qo‘yib yubormaydi.
Fikrlar