Terma jamoamizda ispaniyalik murabbiylar ish boshlaydi

  • 2 iyul, 2021, 18:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etadi.

Tecno

Yaqinlashib kelayotgan mundialga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning etakchi futzal terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etib kelmoqda.

Xususan, Bahodir Ahmedov shogirdlari o‘tgan hafta Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashdi. “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvlarda dastlab durang, keyingi bahsda esa vakillarimiz g‘alaba qozondi.

futzal2

Jahon chempionati uchun tuzilgan tayyorgarlik rejasiga asosan futzalchilarimiz 3-18 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ushbu yig‘in uchun 20 nafar futzalchini jalb etgan.

Terma jamoamizning jismoniy tayyorgarligini oshirish va darvozabonlar mahoratini yanada yaxshilash maqsadida ispaniyalik Karlos Korona Suares hamda Arkaitz Sisniega Gomes murabbiylar shtabida ish boshlaydi, - deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhriddin Toqliyev
02/07/2021 19:05
Bahodir Ahmedov ozi yaxshi ishlayaptiku nima qolasilar katta pul sarflab man hayronman shularni ishiga kalla bormi ozi ufa dagilaga