
Ter Shtegen tez orada "Barsa" bilan shartnomasini uzaytiradi
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen tez orada klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
Xabarlarga qaraganda, 28 yoshli nemis posboni va kataloniyaliklar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2025 yilga qadar tuziladi. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan.
Bundan avvalroq, ular yangi shartnomaning moliyaviy tomonida murosaga kela olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Boisi, ter Shtegen yiliga 10 million evro maosh talab qilayotgan bo‘lsa, “Barsa” unga 6,3 million evro taklif etayotgan edi.
Fikrlar