
Ter Shtegen "Bavariya"ga o‘tadi?!
“Bavariya” klubi “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni tarkibga jalb etmoqchi.
Sport.es nashrining yozishicha, myunxenliklar 27 yoshli nemis posbonini 2021 yil yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Ular ter Shtegenni jamoaning asosiy darvozaboni - Manuel Noyerga munosib o‘rinbosar deb hisoblashmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Noyer “Bavariya” bilan shartnomani uzaytirishni xohlamayapti. O‘z navbatida “Barselona” ham ter Shtegen bilan yangi shartnoma borasida murosaga kela olmayapti. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Mark-Andre ter Shtegen joriy mavsum “Barselona” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar