
Teo Ernandes "Milan" tarixiga kirdi
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes o‘z ismini klub tarixiga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Ernandes debyut mavsumida 4 ta gol urgan “rossonerilar” tarixidagi ilk himoyachi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” Ernandesni o‘tgan yoz 20 mln evro evaziga “Real” Madriddan sotib olgan edi.
Ma’lumot uchun, Teo joriy mavsum “Milan” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar