Teng jangdagi omadsiz yakun

  • 6 mart, 2020, 20:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniya poytaxti Amman shahrida davom etayotgan Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirda o‘tgan yili Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kumush medal sohibasi Navbahor Hamidova ham o‘z jangini o‘tkazdi. -75 kg da ringga ko‘tarilgan yurtdoshimiz qozog‘istonlik ancha kuchli Nadejda Ryabets bilan bahs olib bordi.

Tecno

Ma’lumki, ushbu vazn toifasida ham 4 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda. Shunday ekan yarim finalga yo‘l olganlar yo‘llanmani naqd qiladi.

Jangga keladigan bo‘lsak, birinchi raund qarama-qarshi zarbalar bilan boshlandi. Navbahorda aniq zarbalar ko‘proq bo‘ldi va bu hakamlar tomonidan ham e’tirof etildi.

Ikkini raundda Ryabets oldinga tashlandi. Nadejda nisbatan faolroq bo‘ldi. Bu raund klinch va hakam tomonidan olib tashlangan ochkolar bilan yodda qoldi.

Uinchi raundda yurtdoshimiz tanaga ko‘proq zarbalar yo‘lladi. Jismoniy holat muhim rol o‘ynagan so‘ngi raundda Hamidova oyoqda ham yaxshi ishladi. Lekin ustunlik hakamlar tomonidan qozog‘istonlik Ryabetsga berildi. 

Afsuski, Navbahor 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va o‘z yurishini shu erda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!