Ten Xag MYuning yangi mavsumda qanday o‘yin ko‘rsatishini aytdi

  • 9 iyul, 2022, 18:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" jamoasining bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi mavsum oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Avvalo, men klubni chempionlik uchun kurashga qaytarmoqchiman. Jamoaviy o‘yin tomonidan bizning qiladigan ishimiz ko‘p. 

Lekin shuni aytishim kerakki, yigitlar ajoyib harakat qilmoqda. Ular futbol o‘ynashdan zavq olishini his qilib turibman. 

Men futbolchilar, ularning fikrlari bilan yaqindan tanishib chiqishim kerak. Bizda yanada yaqin bo‘lish uchun ikki hafta bor.

Yangi mavsumda to‘p bilan ham, usiz ham faol o‘yin ko‘rsatmoqchimiz. Kuchli pressing va ko‘proq to‘p nazoratiga egalik qilishni istaymiz", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!