
Temirov Gonkong chempioni safiga o‘tmoqda
Iqtidorli futbolchimiz, hujumchi Sherzod Temirov yangi klubiga ega bo‘ldi. Ma’lumki, oxirgi paytlarda unga qator mamlakatlardan qiziqarli takliflar tushgandi. Futbolchimiz esa ularning orasidan o‘zi uchun eng ma’qul variantni tanladi.
Sports.uz muxbiri Shuhratbek Jo‘raevning aniqlashicha, barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan, Gonkongning etakchi klubi, chempion jamoa – “Kitchi” Temirov bilan shartnoma imzoladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Kitchi” Gonkong chempionatida “Transfermarkt” portali bo‘yicha narxi eng qimmat jamoa sanaladi. Eng muhimi, “Kitchi” hamyurtimizga katta ishonch bildirmoqda va birinchi raqamli hujumchi sifatida qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Temirov bunga qadar Eron chempionatida “Persepolis” va “Peykan” klublari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar