
Tayson Fyuri Joshuadan keyin Mayk Tayson va Frensis Ngannu bilan jang qilmoqchi
Bundan bir necha kun oldin UFC og‘ir vazn toifasida o‘zining chempionlik kamarini qo‘lgan kiritgan Frensis Ngannu boksda WBC yo‘nalishidagi jahon chempioni Tayson Fyuri bilan jang qilishni xohlashini aytib o‘tgan edi.
"Albatta, men bunga tayyorman. Esda tuting, boks mening asosiy orzuim bo‘lgan va bu istak hamon saqlanib qolgan. Qachondir ushbu yo‘nalishga ham qadam qo‘yishimga ishonaman. Men Mayk Tayson bilan emas, boshqa bir og‘ir vaznli Tayson Fyuri kabi bokschi bilan jang qilishni istardim," - degan edi Ngannu.
Kecha Fyuri o‘zining tvitter sahifasida: "Men Joshuani mag‘lub etgach, Mayk Taysonni ham "qovuraman". Ngannu esa oson ish," - deya yozib qoldirgan.
Fikrlar