
Taxmina Ikromova Maribelya Gran-prisida ikkita medalga sazovor bo‘ldi
21-23 mart kunlari Ispaniyaning Marbelya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdi.
Ikromova to‘pdagi mashqda 28.100 ball bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, ko‘pkurash yo‘nalishidagi 111.650 ball uning kuchli uchlikdan joy olishini ta’minladi.
To‘p:
Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 29.050
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 28.100
Polina Karika (Ukraina) – 27.900
Ko‘pkurash:
Taisiya Onofriychuk (Ukraina) – 116.100
Sofiya Rafaeli (Italiya) – 115.000
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 111.650
Fikrlar