"Tata Steel Chess-2023": Nodirbek Abdusattorov g‘oliblikni qo‘lga kirita oladimi? (translyatsiya)

  • 29 yanvar, 2023, 16:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO
Niderlandiyada davom etayotgan "Tata Steel Chess-2023" shaxmat turnirining eng so‘nggi 13-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
 
Masters guruhida 8 ochko bilan etakchi bo‘lib turgan Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Jorden Van Forestga qarshi oq donalarda o‘yin o‘tkazadi. Ushbu bahsdagi g‘alaba Nodirbekni to‘g‘ridan-to‘g‘ri chempionga aylantiradi. Agarda durang yoki mag‘lubiyat qayd etilsa, eng yaqin taqibchi Anish Girini, Magnus Karlsen, Uesli Solarning o‘yini natijasiga bog‘liq bo‘ladi. 
 
Jonli efir (16:15 dan so‘ng)
 
Turnir jadvali
1_5
 
13-tur juftliklari 
1.1  
Chelenjer tasnifida Javohir Sindarov etakchidan 1.5 ochkoga ortda qolmoqda. U hozirda 7,5 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi. Javohirda chempionlik imkoniyati mavjud emas, ammo so‘nggi turda Niderlandiya vakili Tomas Berdsenga qarshi o‘yindagi g‘alaba yoki durang uni sovrinli o‘rinlardan birini egallashiga sabab bo‘lishi mumkin. 
 
Jonli efir (16:15 dan so‘ng)
 
Turnir jadvali
2_5
13-tur juftliklari
2.1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!