Tanqidga uchrayotgan Mbappe “Real”dan qancha maosh olyapti?

  • 8 noyabr, 2024, 17:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning yangi futbolchisi Kilian Mbappe klubdan qancha maosh olayotgani ma’lum bo‘ldi. Umumiy hisobda frantsiyalik hujumchi Ispaniya chempionatida eng katta mablag‘ topayotgan o‘yinchilardan biri hisoblanadi.

Tecno

25 yoshli to‘purarning ayni paytda topayotgan mablag‘i bonuslar bilan birga bir mavsum uchun qariyb 36 million evroni tashkil qilmoqda.

Bu haqda taniqli jurnalist Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

“Qirollik klubi” katta maosh oladigan o‘yinchilardan bir nechtasining ketgani tufayli maoshlarga ketayotgan xarajatlarni qisqartirishga erishdi. Xususan, faoliyatini yakunlagan Toni Kroos 20 million, boshqa klubga o‘tgan Nacho Fernandes 10 million va Xoselu 2 million evro olayotgan edi.

Shuningdek, klub bilan hamkorligini bir yilga uzaytirgan Luka Modrichning maoshi 24 million evrodan teng yarmiga qisqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!