
Taniqli murabbiy: "Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev trilogiyasida nokaut ko‘rishimiz mumkin"
Taniqli murabbiy Dmitriy Kirillov shogirdi Dmitriy Bivol va ehtimoliy raqib Artur Beterbiev o‘rtasidagi trilogiya haqida gapirdi.
"Agar uchinchi jang tashkil etilsa, biz yorqin bahsning guvohi bo‘lishimiz aniq. Menimcha, mazkur to‘qnashuvda nokautni ko‘rishimiz ham mumkin. Ya’ni Bivol Beterbiev ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonishiga ishonaman. Bu ilojsiz ish emas. Faqat buning uchun bor imkoniyatidan foydalanishi kerak" - dedi Kirillov.
Eslatib o‘tamiz, birinchi jangda Beterbiev, revanshda esa Bivol g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar