
Svetlana Kuznetsova chorak final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi
Rossiyalik tennischi Svetlana Kuznetsova hamda amerikalik Jennifer Bredi Sankt-Peterburg shahrida o‘zaro kuch sinashdi.
"St.Petersburg Ladies Trophy" turnirining birinchi davrasidan o‘rin olgan mazkur o‘yinda Svetlana raqibini 6:3, 6:1 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, ikkinchi davraga chiqqan Kuznetsova, endi shveytsariyaik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar