
Suv sporti. 12 yoshli qiz mamlakat kubogida g‘alaba qozondi
Poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis” majmuasida suvga sakrash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 10 metr balandlikdan sakrash bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Bahslar bir qator yangi nomlarni kashf qilib berdi. Jumladan, ayollar o‘rtasidagi dasturda 12 yoshli Kamola Nasrullaeva eng yuqori ball bilan g‘alaba qozondi. Batafsil:
Ayollar, yakkalik:
1. Kamola Nasrullaeva (Toshkent sh.)- 131,75 ball
2. Mohichexra Mirzalieva (Toshkent vil.) - 129,65
3. Marjona Islomova (Jizzax) - 97,40
Erkaklar, yakkalik:
1. Hojiakbar Fuzailov (Toshkent) - 240,90
2. Kirill Ibragimov (Toshkent) - 203,75
3. Mixail Titov (Toshkent) - 178,80
Ayollar, juftlik:
1. Darya Bajukova / Milana Popova (Toshkent) - 159,39
2. Ziyodaxon Mirzalieva / Mohichexra Mirzalieva (Toshkent vil.) - 139,20
3. Anastasiya Vasileva / Lobar Ikromova (Jizzax) - 139,20
Erkaklar, juftlik:
1. Botir Hasanov / Marsel Zaynetdinov (Toshkent) - 296,91
2. Timur Boychabaev / Diyorbek Egamnazarov (Sirdaryo) - 173,01
3. Iftixor Madaminov / Jasurbek Mullajonov (Andijon) - 163,77
Mikst:
1. Milana Popova / Ibrohim Dilmurodov (Toshkent) - 168,78
2. Nigina Mamarasilova / Azizbek Islomov (Samarqand) - 132,30
3. Kseniya Volosova / Shaxriyor Baxtiyorov (Namangan) - 107,34.
Fikrlar