"Surxon" "Olimpik" bilan o‘yinga qanday tayyorlandi?

  • 1 mart, 2022, 23:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urgan “Surxon” jamoasi 2 mart kuni chempionatning 1-turida Toshkentda “Olimpik” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs shunisi bilan ahamiyatliki, ikki jamoa ilk bor to‘qnash keladi. “Surxon” matbuot xizmati esa bu bellashuv oldidan “prevyu” tayyorladi.

Tecno

olimpik prevyu

“Olimpik” futbol klubi ilk bor Superligada qatnashmoqda. O‘tgan mavsum ushbu klub pro ligada munosib ishtirok etib, futbolimizning yuqori divizioniga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, o‘tish o‘yinida “Olimpik” Muborakning “Mash’al” jamoasidan 3:1 hisobida ustun keldi. Jamoani o‘zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan Timur Kapadze boshqaryapti.

Bizda-chi?

Jamoamizga bu mavsumda yuqori o‘rinlarga kurashish vazifasi qo‘yilgan. Tarkibga bir qator legionerlar qo‘shildi. Ular Ispaniya, Serbiya hamda Tojikistondan kelgan. Mavsumoldi yig‘inni Toshkentda o‘tkazgan jamoamiz bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

“Surxon”ning o‘rtoqlik o‘yinidagi natijalari:

28 yanvar. “Buxoro” – “Surxon” - 1:0

9 fevral.  “Surxon” – “Xo‘jand” (Tojikiston) - 1:2

12 fevral. “Lokomotiv” – “Surxon” -  0:0

14 fevral. “Buxoro” – “Surxon” - 2:0

19 fevral. “Surxon” – “Yangier-Quruvchi” - 2:1

23-fevral. “Surxon” – “Zomin” – 5:1

26-fevral. “Surxon” – “Sho‘rtan” – 2:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!