"Surxon" klubi O‘zPFLning ogohlantirishiga munosabat bildirdi

  • 26 mart, 2023, 13:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Surxon" Professional futbol klubi PFLning ogohlantirishi bo‘yicha o‘z munosabatni bildiradi.

Tecno

O‘zPFLning 2023-yil 25-martdagi 01/107-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-yanvardagi "PFK Surxon" ma’suliyatli cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushi "FC-Surkhan" ma’suliyatli cheklangan jamiyatiga sotish to‘grisida"gi 4-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyat hokimligi zimmasiga o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan audit o‘tkazilgan

Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur qaror ijrosini bajarishga kirishgan va "Surxon" FKning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati o‘rganildi. Joriy yil davomida klub qarzlarning katta qismini yopish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirildi

“Surxon” Professional futbol klubi o‘z tarixida yangi sahifa ochish va mamlakatning oliy divizionida o‘ynash uchun barcha asoslarga ega. Ayni paytda, "Surxon" rahbariyati klubning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, hamda Termizdagi stadionni rekonstruktsiya qilishni o‘z zimmalariga olishdi.

Yangi rahbariyatning maqsadi – Termizdagi stadionni rekonstruktsiya ishlarni qilish, Termiz shahrida futbol akademiyasi, shuningdek, qarorgohni qurish. Surxondaryo viloyatida yoshlar futbolini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda “Surxon” PFK asosiy jamoasiga tarbiyalanuvchilarni faol jalb etish.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!