Superligaga qo‘shiladigan yana 3 ta grand klub nomi ma’lum

  • 19 aprel, 2021, 13:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Superligasiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan yana 3 ta grand klub nomi ma’lum bo‘ldi. Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, "Bavariya", "RB Leyptsig" va "Portu" yangi tashkil etilgan turnirga shu hafta oxirigacha qo‘shilishi mumkin.

Tecno

Hozircha "Real", "Barselona", "Atletiko", "Yuventus", "Inter", "Milan", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" Superligada ishtirok etishini tasdiqlagan.

Superliga reglamentiga ko‘ra, turnirda qit’aning 20 ta klubi ishtirok etadi. Ushbu jamoalar 10 tadan 2 ta guruhga bo‘linadi va uy-safar tizimida bahs yuritadi.

Superliga tashkil etilgani rasman e’lon qilingach, UEFA Chempionlar ligasi va Evropa ligasi o‘yinlarini noma’lum muddatga to‘xtatdi. Bundan tashqari, tashkilot yangi turnirga qo‘shilgan klublar va ularning futbolchilarini xalqaro musobaqalardan chetlatishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!