Superligada "Metallurg"ning o‘rnida qaysi jamoa ishtirok etishi oydinlashib bormoqda

CHERY AUTO

"Metallurg" klubi Superligada ishtirok etmasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng mamlakat birinchiligida ishtirok etish uchun bir qator jamoalar varianti ko‘rib chiqilayotgandi. 

Shuningdek, moliyaviy holati hali ochiqlanmagan Toshkentning "Olimpik" klubiga ham qaror qabul qilish uchun 5 yanvarga qadar muhlat berilgandi. 

Bizga ma’lum bo‘lishicha, kelasi mavsumdan e’tibor "Xorazm" klubi katta ehtimol bilan Superligada ishtirok etadi. Chempionat darajasiga mos kelish uchun futbolchilar bilan muzokaralar boshlangan. 

Ta’kidlash kerak, o‘tgan mavsum "Xorazm" klubi Pro ligada 29 ochko bilan 6-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
29/12/2024 00:05
Нима керак эди Супер лигада урин ушлаш учун холосми ёки келажакни уйлаган тарздами а так Хоразм бир пайтлар пахтакордан кура яхши уйинларни курсатиб куйган омад ёр булсин