Superliga. "Surxon" safarda "Qizilqum" bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" bahsi yakunlandi. Unda jamoalar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Ko‘plab vaziyatlar bo‘lganiga qaramay uchrashuvda hisob ochilmadi. Shuningdek, termizliklarning 74-daqiqada urilgan goli ofsayd sabab inobatga olinmadi.
Shu tariqa, "uchar tulporlar" 8 ochko bilan 7-o‘ringa chiqib oldi. 5 ochkosi bor "oltin izlovchilar" 9-pog‘onadan joy egallagan.



Fikrlar