Superliga. "So‘g‘diyona" – "Nasaf": O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik qaysi jamoa tomonda?

  • 14 iyun, 2024, 12:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari tugab, Superliga yana qaytmoqda. "Nasaf" jamoasi 11-turda Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ladi va uchrashuv 20:00 da start oladi.

Tecno

Ikkala jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi faktlar: 

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 48 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 35 uchrashuvda “ajdarlar”, 8 o‘yinda jizzaxliklar zafar quchishgan. 5 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati 97:40 ga teng. Ustunlik "Nasaf" tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf“ – “So‘g‘diyona” 4:0, “So‘g‘diyona” – “Nasaf” 3:1.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2023 yil 23 noyabr kuni Qarshida o‘tkazishgan. Bu uchrashuvda hisob ochilmagan.

E’tiboringizga, Jizzaxda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh bellashuv natijalarini havola etamiz:

28.05.2023. "So‘g‘diyona" — "Nasaf" - 1:2

12.05.2022. "So‘g‘diyona" — "Nasaf" - 1:2 

20.11.2021. "So‘g‘diyona" — "Nasaf" - 1:1

20.11.2020. "So‘g‘diyona" — "Nasaf" - 3:1

27.11.2019. "So‘g‘diyona" — "Nasaf" - 1:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!