Superliga. "So‘g‘diyona" safardagi o‘yinlarda "Surxon" uchun noqulay raqib yoxud "bo‘rilar" va "uchar tulporlar" dueli oldidan statistika! (foto)

  • 21 iyun, 2023, 17:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor 23 iyun kuni "So‘g‘diyona" jamoasi Toshkentdagi Paxtakor stadionida "Surxon" mehmoni bo‘ladi. So‘g‘diyona matbuot xizmati ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar tarixidan ma’lumot berdi.

Tecno

"Surxon" - "So‘g‘diyona" jamoalari shu bugungacha O‘zbekiston chempionatlarida 30 marotaba ro‘baro kelgan. Statistikaga e’tibor beradigan bo‘lsak, o‘zaro o‘yinlarda "bo‘rilar" ustunlik qilmoqda.

30 uchrashuvdan 15 tasida jizzaxliklarning qo‘li baland kelgan, 3 ta baxsda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, qolgan 12 uchrashuvda "Surxon" g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati bo‘yicha "So‘g‘diyona" ustun: 54-41. Jizzax klubining eng yirik g‘alabasi 1992 yili 10-0 hisobida yakunlangan. "Surxon" jamoasining eng yirik g‘alabasi 7-1 hisobi bilan yakunlangan.

Jamoalarning Surxon maydonida o‘tgan so‘nggi 4 uchrashuvi:

Surxon - So‘g‘diyona 2-4 18.05.2022.
Surxon - So‘g‘diyona 0-1 11.09.2021.
Surxon - So‘g‘diyona 1-2 03.12.2020.
Surxon - So‘g‘diyona 1-0 24.11.2019.

prevyu

 

So‘g‘diyona matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!