
Superliga. "So‘g‘diyona" Baqoev shogirdlarini kichik hisobda taslim etdi
O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Buxoro" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Yagona golga Lyupche Doriev mualliflik qildi. Uning goliga Sanjar Shoahmedov assistentlik qildi.
Shu tariqa, "bo‘rilar" 26 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi. 15 ochkosi bor buxoroliklar so‘nggi 14-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar