
Superliga. Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum
Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy, futbolchisi hamda eng chiroyli gol muallifini aniqlab keladi.
Ortda qolgan oktyabr oyida Superligada 3 ta tur, qoldirilgan ikki uchrashuv va kubok finali bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.
Superliga. Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar
Fevzi Davletov ("Surxon") — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 7:4
Aleksandr Xomyakov ("Andijon") — 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 5:5
Ro‘ziqul Berdiev ("Nasaf") — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 4:2
Vitaliy Levchenko ("Neftchi") — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 6:4
Sergey Lushchan ("Navbahor") — 5 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, 8:6
Fikrlar