Superliga. OKMK so‘nggi marta "Nasaf"ni qachon mag‘lub qilgan?

  • 7 may, 2024, 21:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 6-turida "Nasaf" OKMK mehmoni bo‘lib, 3:4 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur bahsdan keyin qarshiliklar turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, "konchilar" 6-pog‘onada borishmoqda. 

Tecno

Shu tariqa, "Nasaf"ning OKMKga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadigan bo‘ldi. Olmalik klubi Ro‘ziqul Berdiev shogirdlarini Superliga doirasida so‘nggi 8 uchrashuvdan beri yuta olmayapti. 

Oxirgi marta 2020 yilgi mavsumning 7-turida Mirjalol Qosimov jamoasi 2:1 hisobi bilan zafar quchgan. O‘sha bahsda Sanjar Tursunov hisobni ochgan bo‘lsa, Marko Stanoevich imkonityalarni tenglashtirib qo‘ygan. Erkin Baydullaev esa g‘alaba golini urib ketgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
07/05/2024 21:54
Насаф йигитлари асабимни эговлаб ташладиларинг бу уйин билан куп одамлар инфаркт булиб колади