
Superliga. OKMK Boakening dubli evaziga "Andijon"ni irodali tarzda mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan OKMK - "Andijon" bahsi yakunlandi. Unda nominal mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, "Andijon" safida Rubin Xebay hisobni ochdi. 81-daqiqada esa Martin Boake muvozanatni tikladi. 90+1-daqiqada esa Boake dubl qayd etib, jamoasiga 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, OKMK 16 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi. 10 ochkosi bor "burgutlar" 9-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar