
Superliga. "Nasaf" voha derbisida "Surxon"dan ustun keldi
Qarshida kechgan voha derbisida mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Oybek Bozorov va Humoyun Murtazoevlar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 21 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Surxon" hisobida ham shuncha gol mavjud, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha 6-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar