Superliga. "Lokomotiv" mavsumdagi ilk g‘alabasini "Olimpik" bilan o‘yinda qo‘lga kiritdi

  • 9 mart, 2024, 18:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan "Olimpik" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Tecno

Mazkur bellashuvda mehmonlar kichik 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga Damyan Krayishnik mualliflik qildi. U penaltidan unumli foydalandi. 

Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 4 taga etkazib oldi va jadvalda 4-o‘rindan joy oldi. "Olimpik" esa ochkosiz holda 13-pog‘onani band etib turibdi. 

"Olimpik" - "Lokomotiv" 0:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!