Superliga klubi Pyanichni "Barselona"dan sotib olmoqchi

  • 28 mart, 2022, 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Istanbulning "Beshiktosh" klubi "Barselona"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Miralem Pyanichni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, turk klubi yozgi transfer oynasida bosniyalik futbolchining transferini to‘liq sotib olishga tayyor. O‘z navbatida kataloniyaliklar yuqori maoshi sabab Pyanichdan qutulmoqchi. Miralemning ayni damdagi maoshi soliqlarni hisobga olgan holda yiliga 16 million evroni tashkil etadi.

31 yoshli Pyanich joriy mavsum “Beshiktosh” safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!