
Superliga. Bugun ilk tur doirasida "Navbahor" va "Nasaf" o‘z o‘yinini o‘tkazadi (foto)
Bugun Superligada dastlabki tur uchrashuvlari start oladi. Mazkur sanada muxlislar ikkita qarama-qarshilik guvohi bo‘ladi.
Dastlab, Namanganda "Navbahor" va "Dinamo" o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv 18:30 da start oladi. O‘yinni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Ikkinchi o‘yin ham Qarshida o‘tkaziladi. Unda "Nasaf" klubi "Olimpik"ka qarshi saf tortadi. Bu bellashuv 19:15 da boshlanadi. Bahs "Foreign Languages" telekanalida efirga uzatiladi.
Fikrlar
Navbahor Dinamo 1:2