
Superliga 21-tur uchrashuvlarining boshlanish sanalari ma’lum
O‘zbekiston proffesional futbol ligasi(UzPFL) Superliga 21-tur uchrashuvlarining boshlanish sanalarini e’lon qildi. Unga bu turni "Paxtakor" va "Dinamo" o‘rtasidagi bahs ochib beradi. Mazkur o‘yin 6 oktyabr yakshanba kuni soat naqd 14:00 ga belgilangan. Tashkilot o‘yinni nega aynan bu vaqtga qo‘yilganiga izoh bermagan.
Shunisi ma’lumki, bir kun avval ya’ni 5 oktyabrda yanada kattaroq masshtabdagi voqea O‘zbeksiton Kubogining final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechada esa, FIFA prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 6 oktyabr kunida esa, yurtimizda yanada nufuzli turnir futzal bo‘yicha Jahon chempionatining final o‘yini ham bo‘lib o‘tadi.
Superliga 21-turning qolgan bellashuvlari esa, halqaro tanaffuslan keyin o‘tkazilishi reja qilingan.
Fikrlar