
Superliga. 11-turni qaysi futbolchi va rasmiylar o‘tkazib yuboradi? (Foto)
27-29 may kunlari Superligada 11-tur bahslari o‘tkaziladi.
PFL matbuot xizmati ushbu bellashuvlarni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Eldor Suyunov, Kamen Xadjiev (har ikkisi "Paxtakor"dan), Muzaffar Muzaffarov ("Dinamo") hamda Iqbol Malikjonov ("Surxon") 11-turda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Shuningdek, AGMK darvozabonlar murabbiyi Pavel Bugalo va "Neftchi" yordamchi murabbiyi Dilshod Jabborov ham mazkur turni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar