Superliga. 10 kishi qolgan "Qo‘qon-1912" "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi

  • 30 sentabr, 2019, 17:53
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. 7-daqiqada Otabek Haydarov hisobni ochdi. 24-daqiqada Stanislav Andreevga nisbatan to‘p uchun kurashda xavfli harakat qilgani uchun Murod Xolmuhammedov maydondan chetlatildi.

Tecno

Shundan so‘ng bellashuvdagi ustunlik bekobodliklar tomonga o‘tdi va Muzaffar Muzaffarov, Zohid Abdullaev hamda Bahrom Abdurahimovlar raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Bellashuv so‘nggida esa Jahongir Ahmadov hisobni qisqartirishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurbek
30/09/2019 17:55
Mazza qilib o‘yin ko‘rdim. Ikala jamoaga ham keyingi o‘yinlariga omad tilab qolaman