Superkubokdan so‘ng Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Paxtakor" o‘yini ham keyinroqqa qoldirildi

CHERY AUTO

Superliga  11-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Paxtakor” to‘qnashuvi 20 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Mazkur bellashuv “Paxtakor” futbol klubi so‘roviga asosan qoldiriladi.

Tecno

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 10.9-bandida U-20 O‘zbekiston termasining jahon chempionati final bosqichi uchrashuviga uch va undan ko‘p futbolchisi jalb qilingan klub rasmiy uchrashuvni boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilishga haqli ekanligi qayd etilgan.

U-20 O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Argentinadagi mundialga “Paxtakor”ning 8 nafar a’zosini olib ketishni rejalashtirgan: Otabek Boymurodov, Diyorbek Ortiqboev, Abubakr Ashurov, Abbos Fayzullaev, Shahzodbek Rahmatullaev, Behruzbek Asqarov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Rustam Turdimurodov. Shundan kelib chiqib, Liga “Paxtakor” so‘rovini qanoatlantiradi.

Reglament bo‘yicha “Paxtakor” U20 Osiyo kubogi davrida ham rasmiy uchrashuvlarini surishni so‘rashi mumkin edi. Biroq klub o‘tgan davr davomida vaziyatdan ko‘chirishlarsiz chiqishga erishdi. Ayni vaqtda esa nafaqat yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilar jamoa bilan birga emas, balki yoshi nisbatan kattaroq qator futbolchilarda ham jarohatlar mavjud.

Avvalroq Liga “Paxtakor” va “Nasaf” ishtirokidagi O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvini Qarshi klubining Chempionlar ligasidagi ishtiroki sabab mavsum oldidan o‘tkaza olmagandi. Iyun oyida Srechko Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasini FIFA kunlaridan avvalroq yig‘ishga majbur bo‘layotganini ham hisobga olsa, 2022 yilgi mavsum sovrindorlari ishtirokidagi har ikki o‘yin iyul yoki avgust oylarida o‘tkazilishi mumkin.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!