
Superklub to‘rt futbolchidan voz kechdi
“Yuventus” klubida ham tarkibni tozalash ishlari boshlandi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, turinliklar to‘rt nafar futbolchidan voz kechdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yuventus” kelasi mavsum Leandro Bonuchchi, Ueston Makkenni, Denis Zakariya va Arturga o‘yin amaliyoti bermaydi. Ularning bari transferga qo‘yilib, sotib yuboriladi.
Bu futbolchilar orasida Bonuchchi Turikda katta obro‘ga ega. Leonardo 12 yildan beri Turin klubi sharafini himoya qilmoqda. Orada bir mavsum “Milan”da to‘pgan.
Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan. Biroq, turinliklar asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qolgan o‘yinchidan tezroq voz kechmoqchi.
Fikrlar