Superhujumchi jamoani ikkiga bo‘lib yubordi

  • 20 avgust, 17:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi vakili “Nyukasl” va shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isaak o‘rtasidagi ziddiyat tobora kuchayib bormoqda.

Tecno

Gap shundaki, Isaak “Liverpul”ga ko‘chib o‘tmoqchi, klub o‘yinchi bo‘yicha chempion jamoa takliflarini qabul qilmayapti. Aleksandr klub rahbariyati qaroriga norozilik bildirib, mashg‘ulot va rasmiy uchrashuvlarga kelmayapti.

Tomonlar ijtimoiy tarmoqlar orqali bir biriga nisbatan axborot urushini ham ochib yuborgan. Bu holat jamoaning ichki muhitiga ta’sir qilyapti.

Jurnalist Kreyg Xoupning ma’lum qiligicha, “Nyukasl” bu mojaro ortidan ikkiga bo‘lindi. Bir guruh o‘yinchilar bu holatda Aleksandr Isaak tomonini olyapti. Qolganlari  esa, klub hujumchini qo‘yib yubormay to‘g‘ri yo‘l tutdi, degan fikrini ilgari suryapti.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, agar ziddiyat bartaraf etilmasa, vaziyat jamoaning natijalariga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!