
Sulsher: Sekin Turkiyaga ketaver!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher tajribali himoyachi Erik Bayining boshqa jamoaga o‘tishiga ruxsat berdi.
Bir necha yil oldin katta umidlar bilan olib kelingan ivuarlik futbolchi jamoaning asosiy tarkibidagi joyini yo‘qotdi. 26 yoshli himoyachining agentlari uni “Fenerbahche”ga joylash bo‘yicha ish olib bormoqda. Turklar ham yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan tarkib jamlayapti va boshida Bayini bir yilga ijaraga olib, keyin uning transferini sotib olishga qarshi emas.
O‘tgan mavsumda Bayi jamoa tarkibida atigi 148 daqiqa o‘ynadi xolos.
Fikrlar