
Sulsher futbolchi tanlashni bilmaydimi?
Athletic portali yakunlangan yozgi transferlar mavsumida amalga oshirilgan eng yomon transferlarni aniqlash maqsadida 18 nafar etakchi futbol agentlari ishtirokida so‘rov o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ning qariya hujumchi Edinson Kavanini o‘z tarkibiga qo‘shib olgani mutaxassislar tomonidan eng yomon transfer, deb e’tirof etildi. Keyingi o‘rinlarda Donni va de Bekning Sulsher jamoasiga o‘tgani va “Manchester Siti”ning Natan Akeni olgani qayd etildi.
Angliya premer-ligasining omadsiz transferlari o‘nligi bilan tanishing:
- Edinson Kavani — «Manchester Yunayted».
- Donni van de Bek — «Manchester Yunayted».
- Natan Ake — «Manchester Siti».
- Amad Diallo — «Manchester Yunayted».
- Greydi Diangana — «Vest Bromvich».
- Kay Xaverts — «Chelsi».
- Uesli Fofana — «Lester».
- Tomas Partey — «Arsenal».
- Kallum Robinson — «Vest Bromvich».
- Nelson Semedo — «Vulverxempton».
Fikrlar