Suares yozda sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

  • 26 mart, 2021, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yozda "Atletiko"dagi sobiq hujumchisi Luisa Suaresni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Fichajes tarqatgan xabarga qaraganda, mersisaydliklar hujum chizig‘ida kuchli raqobat paydo qilish uchun aynan 34 yoshli urugvaylik futbolchini ortga qaytarmoqchi. Shu sababli mavsum yakunlangach “Liverpul” Suaresning transferi masalasida “matraschilar”ga taklif yubormoqchi.

Luis Suares 2011-2014 yillarda "Liverpul" sharafini himoya qilgan va 133 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 82 ta gol hamda 47 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Mersisaydliklar uni 2014 yilning yozida 82 million evro evaziga "Barselona"ga sotib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!