
Suares va Vidal ketma-ket uchinchi bor qaydnomaga kiritilmadi (FOTO)
Gamper kubogi doirasida "Barselona" "Elche" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Kataloniya jamoasini tark etishga yaqin turgan Luis Suares va Arturo Vidal ketma-ket uchinchi uchrashuvda qaydnomaga kiritilmadi.
Avvalroq, ikki futbolchi "Ximnastik" (3:1) va "Jirona"ga (3:1) qarshi bellashuvlarni o‘tkazib yuborgandi.
Ansu Fati jarohatidan forig‘ bo‘lib, safga qaytganligini qo‘shimcha qilib o‘tish mumkin.
Fikrlar