Suares tiz cho‘ktirmagan jamoa qolmadi. Oxirgichi “Barsa” edi

  • 3 oktabr, 2021, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining sakkizinchi turida amaldagi chempion “Atletiko” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi.

Tecno

Ushbu bahs madridliklar hujumchisi Luis Suares uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Chunki kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani qabul qilib olganidan keyin Luis Suaresni ochiqchasiga haydab yubordi.

Bu galgi o‘yinda urugvaylik hujumchi sobiq jamoasi darvozasiga gol urib, 2:0 hisobidagi g‘alabani mustahkamladi. Shu tariqa, Luis Suares Ispaniya chempionatida o‘ziga qarshi o‘ynagan barcha jamoalar darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchiga aylandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Suares La Ligada jami 31 ta jamoaga qarshi o‘ynab, ularga qarshi bahslarda gol urishga muvaffaq bo‘lgan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!