Suares "surbetlik" qilyapti

  • 9 sentabr, 2020, 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Luis Suares jamoa mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga qaraganda, garchi 33 yoshli urugvaylik futbolchi yangi bosh murabbiy Ronald Kumanning rejalariga kirmasada, umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazgan. Kataloniyaliklar ayni damda Suares bilan amaldagi shartnomani bekor qilish ustida ishlamoqda, ammo Luis jamoani tovon pulisiz tark etishni xohlamayapti. Unga esa “Yuventus”dan jiddiy takliflar bor.

Suares “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 283 ta o‘yinda maydonga tushdi va 198 ta gol hamda 109 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!