
Suares nega PSJga o‘tmadi?
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares PSJ klubi a’zosiga aylanishi mumkin edi.
"Mundo Deportivo" nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu transferni ko‘p marotaba talab qilgan. Ammo PSJ "Barselona" va futbolchi uchun qoniqarli taklif yubormagan. Germaniyalik mutaxassis bu borada klub sport direktori Leonardoni ayblamoqda.
Keyinchalik Suares erkin agent sifatida madridliklar tarkibiga borib qo‘shildi.
Fikrlar