
Suares Messiga nima dedi?
“Barselona”ni tark etgan Luis Suares birga o‘ynagan do‘sti Lionel Messining xayrlashuv postiga javob yozdi.
- Men aytgan gaplarni unutma. O‘z o‘yining bilan eng zo‘r futbolchi ekaningni yana isbotlab qo‘y. Atrofingdagi bir necha kishi sening jahon futbolidagi va klubdagi mavqeingni pasaytira olmasin!, - dedi “Atletiko” hujumchisiga aylangan Suares.
Suares 2014 yili “Liverpul”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tganidan keyin, Messi bilan birga kataloniyaliklarning hujum juftligini tashkil qilgan. Urugvaylik to‘purar 283 uchrashuvda raqiblar darvozasiga 189 ta gol urgan.
Fikrlar