Suares Italiyaga imtihon topshirgani keldi (video)

  • 17 sentabr, 2020, 19:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” forvardi Luis Suares faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Qator xorijiy nashrlarning yozishicha, 33 yoshli urugvaylik futbolchi kataloniyaliklarning tonggi mashg‘ulotlarida ishtirok etganidan so‘ng Italiyaga yo‘l olgan.

Tecno

La Gazzetta dello Sport muxbiri Luka Byanki bundan bir necha daqiqa oldin Suaresni Peruja universiteti binosiga kirib ketayotganini ma’lum qilgan. U bu universitetga italyan tilidan imtihon topshirish uchun kelgan. Imtihon 35-40 daqiqa davom etishi mumkin.

Shu tariqa, Suares Evropa Ittifoqi pasportini olishi mumkin. Shundan so‘ng, u "Yuventus"dagi Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan futbolchilar uchun belgilangan 5 ta kvotadan birini band qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!