
Suares "Atletiko"ga o‘tishi mumkinmi?
Kumanga kerak bo‘lmagan “Barselona” forvardi Luis Suares faoliyatini Ispaniyaning boshqa bir grandida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, 33 yoshli urugvaylik futbolchi Ispaniyada qolish istagida. Unga "Atletiko"dan qiziqish bor. Suaresning o‘yin uslubi Diego Simeonega juda yoqadi va u Luisni yana 2 mavsum yuqori darajada o‘ynashiga ishonmoqda.
Bundan avvalroq, Suaresga “Yuventus” ham xaridor ekani haqida turli xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Fikrlar