Stouns: "G‘azab va umidsizlikni his qilyapman"

  • 12 fevral, 04:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi pley-off bosqichida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Real"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida ikki bor gol o‘tkazib yubordi. O‘yindan so‘ng "shaharliklar" himoyachisi Jon Stouns o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"His-tuyg‘ularimni so‘z bilan ifodalashni bilmayman. Hamma xafa. Biz hisobda oldinda edik, ammo so‘nggi daqiqalarda ikki vaziyat yuz berdi va biz gol o‘tkazdik. Himoyachi sifatida maydonni bunday natija bilan tark etish juda alamli. G‘azab va umidsizlikni his qilyapman.

Gvardiola biz maydondagi harakatlarimiz uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz kerakligini aytdi. Bunday og‘ir paytlarda yanada faollashish zarur. Biz "Santyago Bernabeu"ga 2:1 hisobidagi ustunlik bilan borishimiz mumkin edi. Lekin qarama-qarshilik hali yakuniga etgani yo‘q. Hozir buni qabul qilish qiyin bo‘lsa-da, ijobiy fikrlashni davom ettirishimiz kerak. Vaziyatni tuzatishga harakat qilish lozim", — dedi Stouns "Amozon Prime" ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!