Stol tennischilarimiz Jakartaga yo‘l oldi

CHERY AUTO

Bugun, 13 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Saida Mahmudova hamda uning 8 nafar shogirdi – Rimma Gufranova, Ro‘za Xojieva, Mehriniso Norqulova, Regina Kim, Zohid Kenjaev, Jamshid Rahimberganov, Qutbidillo Teshaboev, Stanislav Tyan va Georgiy Tsoy mazkur chempionatda ishtirok etish uchun Indoneziyaga yo‘l oldi. 

Tecno
– Kelasi yilgi mavsum stol tennischilarimiz uchun o‘ta mas’uliyatlidir. Sababi, 2020 yil Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar o‘ynaladigan bir qator musobaqalar mavjud. Shu sababli ham Jakartada o‘tadigan mazkur Osiyo chempionati sportchilarimiz uchun nufuzli musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. 
 
Eslatib o‘tamiz, stol tennischilarimiz uchun Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradigan ikkita nufuzli musobaqa bor. Sportchilarimiz 2020 yilning 6-12 aprel kunlari esa Osiyo saralash chempionati va 28-31 may kunlari jahon saralash chempionatida Olimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun kuch sinashadi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!