Srechko Katanets: "Guruhdagi har bir uchrashuv biz uchun juda muhim, ayniqsa birinchi o‘yinimiz" (matbuot anjumanidagi fikrlar)

  • 12 yanvar, 2024, 13:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets va Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

Tecno

"Barchaga xayrli kun, ertangi uchrashuvda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga va yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

Eldor Shomurodov biz uchun qanchalik muhim futbolchi ekanligini yaxshi bilasiz. Har qanday terma jamoa Masharipov va Shomurodov singari futbolchilarga ega bo‘lishni xohlaydi. Jamoamizda etakchi futbolchilar ko‘p, biroq uning tajribasi bizga juda kerak edi. Murabbiy sifatida ayta olamanki, biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz.

Guruhdagi har bir uchrashuv biz uchun juda muhim, ayniqsa dastlabki bahs. Biz etakchi va yosh futbolchilarimizdan kuchli jamoa tuzishimiz shart. Barcha uchrashuvga jiddiy yondashuv bilan tayyorgarlik ko‘ramiz.

Suriyaga qarshi avval ham ikkita uchrashuv o‘tkazganman, Suriya kuchli jamoa, ularga qarshi o‘ynash juda qiyin. Jamoaning kuchsiz tomonlari ham bor, ular haqida etarli ma’lumotga egamiz. Aksariyat futbolchilari xorijlik, biz shunga e’tibor qaratishimiz kerak. Ertangi bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonamiz", - dedi Katanets.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!